TOShKENT, 17-may — Sputnik. Kuzatuvchi bu bir qadam oldinga yurish degani, dedi Rossiya TIV MGIMO Xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Sergey Markedonov, Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan anjumanda.
Menimcha, tezda a’zo bo‘lib, keyin biror narsa haqida kelish olmasdan ajralib ketishdan ko‘ra, 2-3 yilni muzokaralarga sarflagan ma’qul. Kuzatuvchi bu yaxshi maqom, bu bir qadam oldinga yurish degani. Menimcha, har bir tomon uchun muhim bo‘lgan jihatlarga hurmat bilan qarash, bu kelajakda muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin.
ShHT haqida
ShHT ham juda istiqbolli tuzilma, chunki uning tarkibiga dunyoning ulkan qismi kiradi. Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston bu so‘zsiz yirik davlatlar. Lekin uning muammosi — o‘zaro muvofiqlashtirishning yo‘qligida.
A’zolarning har birining o‘z maqsadlari, dunyo gegemonlariga taqdim etiladigan o‘z hisob-kitoblari bor. Lekin biror yagona strategiya ishlab chiqilmagan. Agar ushbu masala hal etilsa, ShHT yanada samarali tuzilmaga aylanishi mumkin.
A’zolarning har birining o‘z maqsadlari, dunyo gegemonlariga taqdim etiladigan o‘z hisob-kitoblari bor. Lekin biror yagona strategiya ishlab chiqilmagan. Agar ushbu masala hal etilsa, ShHT yanada samarali tuzilmaga aylanishi mumkin.
Shuningdek, ShHT faoliyatida asosiy yo‘nalish iqtisodiy rivojlanish bo‘lishi kerakmi yoki xavfsizlik? Masalan, Rossiya uchun bugun kun sharoitida birinchi navbatda xavfsizlik muhim, Xitoy uchun esa - iqtisodiy jihatlari. Agarda biz ana shu jihatlardan to‘g‘ri yo‘naltira olsa, ShHT haqiqatda ishlayotgan samarali ko‘pchillikka aylanadi.