Malayziya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya bosh vaziri Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyuradi va qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi.
Bosh vazirning tashrifi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yishdan boshlandi. Anvar Ibrohim O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi va majmua bilan tanishdi.
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga keldi
Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga tashrifi 19-mayga qadar davom etadi. Tashrif davomida siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga keldi
Mehmon, shuningdek, Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyuradi va qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga keldi