Yevropa Ittifoqi Rossiya OAVlariga yana bir taqiq qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi “RIA Novosti”, "Izvestiya" va “Rossiyskaya gazeta” nashrlarini ko‘rsatishni taqiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may – Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning to‘rtta yirik OAVi, jumladan, RIA Novosti agentligiga o‘z hududida televidenie va radioeshittirishlar bilan bog‘liq har qanday faoliyatni amalga oshirishni taqiqladi.

“Bugun YeI Kengashi Rossiyaning Ukrainaga qarshi tashviqotini qo‘llab-quvvatlovchi va tajovuzkorligini tarqatuvchi to‘rtta OAV: “Yevropa ovozi”, “RIA Novosti”, "Izvestiya" va “Rossiyskaya gazeta”ning Yevropa Ittifoqi hududida translyatsiyasini to‘xtatishga qaror qildi”, — deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, qaror OAV va ularning xodimlariga Yevropa Ittifoqi hududida jurnalistikadan tashqari faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Moskva oldindan G‘arbni agar Rossiya OAVlari translyatsiyasi va jurnalistlar ishi cheklangan bo‘lsa, G‘arb yashin tezligida va o‘ta og‘riqli javob olishi haqida ogohlantirgan edi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, agarda birgina rus ommaviy axborot vositasi asossiz cheklovlarga duchor bo‘lsa, bu Rossiyadagi G‘arb jurnalistlariga ta’sir qiladi.
YeI Kengashi qarorini Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Chepa izohladi.
“Gibrid urush, jumladan, axborot urushi davom etmoqda va ular bu urushda mag‘lub bo‘layotganliklarini tushunishadi va tabiiyki, siz haqiqatni yetkazayotganingizni anglab, haqiqatdan qo‘rqishadi. Shuning uchun ular bu urushda bizga maksimal darajada zarar yetkazish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, — dedi u RIA Novostiga.
So‘nggi yillarda G‘arbdagi Rossiya ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq vaziyat tobora qiyinlashib bormoqda. 2016-yilning noyabrida Yevroparlament Rossiya OAVlariga qarshi turish zarurligi haqida rezolyutsiya qabul qilib, Sputnik va RT telekanallarini asosiy tahdid sifatida ko‘rsatgan edi. G‘arbning ko‘plab siyosatchilari, jumladan amerikalik senatorlar va kongressmenlar va Fransiya prezidenti bu ommaviy axborot vositalarini AQSh va Fransiyadagi saylovlarga aralashishda aybladilar, ammo ular hech qanday dalil keltirmagan. Rossiyaning rasmiy vakillari bunday bayonotlarni asossiz deb atadi.
Yaqinda YeI Rossiyaning yirik ommaviy axborot vositalariga qarshi sanksiyalar joriy etib, ularning o‘z hududida translyatsiyasini taqiqladi. Ushbu qaror sudga yoki o‘z mamlakatlari media bozorlari uchun mas’ul bo‘lgan YeI mamlakatlaridagi milliy tartibga solish organlariga murojaat qilmasdan qabul qilindi.