TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin tor doiradagi muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
Rossiya rahbari Xitoyga ikki kunlik davlat tashrifi bilan keldi.
Moskva va Pekin o‘rtasida katta hajmdagi amaliy hamkorlik to‘plangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan tordoiradagi uchrashuvda shunday fikr bildirdi.
"Moskva va Pekin haqiqatan ham katta hajmdagi amaliy hamkorlikni to‘pladi", — dedi prezident.
Uning eslatishicha, 2023-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb chorakka oshgan va yaxshi darajaga yetib, 227 milliard dollarga yetgan.
Prezident Xitoy Rossiyaning savdo-iqtisodiy sohadagi asosiy hamkori ekanini ta’kidladi.
“O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya XXRning savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bunda 2023-yil mart oyida Moskvaga tashrifingizdan so‘ng Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining 2030-yilgacha bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasining ma’qullanishi bevosita rol o‘ynadi”, — dedi Putin.
Rossiya rahbari energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini ustuvor yo‘nalishlar deb belgiladi.
"Biz bu haqda allaqachon gaplashishni boshladik", — deya aniqlik kiritdi Putin.
Rossiya rahbari yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, infratuzilma qurilishi va transport sohalarida hamkorlikni alohida qayd etdi.
“Gumanitar aloqalar kengaymoqda, kelishuvimizga muvofiq, biz 2024-2025 yillarda Rossiya va Xitoy o‘rtasida madaniyat yillarini o‘tkazamiz”, — dedi Putin.
Xabar qilinishicha, muzokaralar davomida Rossiya rahbari Si Szinpin bilan ikki tomonlama munosabatlarning butun majmuasi va ularni rivojlantirish istiqbollari shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Ukraina, Yaqin Sharq va Osiyo mintaqasi atrofidagi vaziyatni batafsil muhokama qilmoqchi.
Oliy darajadagi muzokaralar delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etadi. Ularning natijalariga ko‘ra tomonlar qo‘shma hujjatlarni imzolashadi. Putin va Si Szinpin, shuningdek, har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonot qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Keyinchalik liderlar o‘rtasidagi muloqot norasmiy sharoitda davom etadi.
Putin va Si Szinpinning choy ustida yakkama-yakka suhbati va saroy yaqinidagi bog‘da sayr qilishi kutilmoqda. Keyin norasmiy kechki ovqat paytida tor doirada muzokaralar bo‘lib o‘tadi, delegatsiyalarning ayrim a’zolari yetakchilarga qo‘shiladi.