“Oxirgi besh yil ichida pandemiya oqibatlari va taraqqiyotimizni cheklashga qaratilgan ayrim uchinchi davlatlarning urinishlariga qaramay, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yaxshi sur’atlarda o‘sib bormoqda. Turli sohalarda 80 ta yirik qo‘shma investitsiya loyihasidan iborat salmoqli portfeli shakllantirildi”, — dedi Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar chog‘ida.
“Bugungi kunda barcha to‘lovlarning 90 foizi rubl va yuanda amalga oshirilmoqda. Biz hozir cheklangan doirada munosabatlarimizni qaysi sohalarda yanada rivojlantirishimiz haqida gaplashdik va bularning barchasi Rossiya va Xitoy iqtisodiyoti manfaatlariga mos keladi. Ishonchim komilki, barcha rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshiriladi”, — dedi Rossiya prezidenti.