Rossiya va Xitoy yetakchilari hamkorlik bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi

Putin va Si Szinpin hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi
Sputnik
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Pekindagi muzokaralardan so‘ng har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq jurnalistlarga ma’lum qilganidek, hujjat ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75-yilligiga bag‘ishlanadi.
Prezident yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, bu batafsil hujjat – 30 sahifadan ortiq, u "ikki tomonlama munosabatlarimizning o‘ziga xos xususiyatini qayd etadi, ikki tomonlama aloqalarning butun majmuasini rivojlantirishning keyingi yo‘llarini belgilab beradi, adolatli va demokratik dunyo tartibini shakllantirishda Rossiya va Xitoyning etakchi rolini qayd etadi".
Rossiya prezidenti 16-17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi.
Rossiya va Xitoy to‘lovlarning taxminan 90 foizini rubl va yuanda amalga oshirmoqda — Putin