Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan “Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2024” 17-xalqaro ko‘rgazmasi ekspozitsiyasidagi “Rosatom” stendida kichik atom elektr stansiyalari sohasidagi ilg‘or mahsulotlar namoyish etilmoqda.
“Forum doirasida biz kichik atom elektr stansiyalari sohasidagi ilg‘or mahsulotlarimizni taqdim etmoqdamiz”, – dedi Sergey Gromov.
Shuningdek, u Rosatom stendida yadroviy texnologiyalarning boshqa turlari, jumladan, yadro tibbiyoti va izotopli mahsulotlar ishlab chiqarish ham namoyish etilganini qo‘shimcha qildi.
Uning fikricha, o‘zbekistonlik hamkorlar, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun ham qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir loyiha hozirda Chukotkada Rosatom tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu 50 MVt quvvatga ega yer ustidagi atom elektr stansiyasini qurishdir. Rosatom stendida bunday stansiyaning quvvatini necha marta oshirish mumkin?
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.