TOShKENT, 15-may — Sputnik. Hech bir G‘arb quroli Zelenskiyning jinoiy rejimini qulashdan qutqara olmaydi, Ukrainaga yetkazilgan barcha harbiy texnika yo‘q qilinadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga tashrifi chog‘ida yaqin kunlarda AQShning Ukrainaga qo‘shimcha yordami jang maydoniga yetib borishini aytgan edi.
“Hech qanday qurol, ularni xafa qilmoqchiman, Zelenskiyning jinoiy rejimini qulashdan qutqara olmaydi, Ukrainaga yetkazilgan barcha harbiy texnika yo‘q qilinadi”, — dedi Zaxarova brifingda.
Uning ta’kidlashicha, bunga shubha qiladiganlar Moskvadagi G‘arb texnologiyalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishlari mumkin, bu ko‘rgazmaga talab katta.