G‘arb Markaziy Osiyo resurslarini qo‘lga kiritishga intilmoqda — Galuzin

Galuzin: G‘arb o‘z maqsadlariga erishsa, Markaziy Osiyo hukumatlari keraksiz bo‘lib qoladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Markaziy Osiyodagi resurslar va logistika yo‘llarini qo‘lga kiritishga intilayotgan G‘arb o‘z maqsadlariga erishgach, mintaqa hukumatlariga ehtiyoj qolmaydi va rangli inqiloblar xavfi paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Biz, shuningdek, Vashington va Brussel eng muhim vazifani – mintaqaning resurs bazasiga kirish va u orqali o‘tadigan transport arteriyalari, shuningdek, suvdan foydalanish tizimini nazorat qilish uchun halol o‘yin o‘tkazayotganini ko‘rapmiz. Biz shundan kelib chiqamizki, bu maqsadlarga erishgandan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari G‘arb uchun hamrox bo‘lishdan to‘xtaydi va shunga mos ravishda, G‘arb tomonidan keng qo‘llanilayotgan rangli inqiloblar tahdidi, to‘liq quvvatda namoyon bo‘ladi”, – dedi Galuzin “Valday” klubining IV Markaziy Osiyo konferensiyasi ochilishida.
Uning qayd etishicha, buning fonida Rossiya Federatsiyasi mintaqa davlatlarining milliy manfaatlariga mos ravishda rivojlanish huquqini himoya qiluvchi ishonchli hamkori bo‘lib qolmoqda.
U shuningdek, Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 44 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyodagi savdoning 33 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan milliy valyutalarda hisob-kitoblar hajmi hozirda 80 foizga, O‘zbekiston – 55 foiz, Turkmaniston – 24 foizga yetdi, deya qo‘shimcha qildi Galuzin.