Matbuot markazi

Sputnik matbuot markazida Rossiyaning postsovet hududidagi siyosati muhokama qilinadi

Jurnalistlarning savollariga TIV MGIMO instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Sergey Markedonov javob beradi.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 14-may kuni soat 14.00 (Toshkent vaqti bilan)da “Rossiyaning postsovet hududidagi siyosati dolzarb masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumaniga Rossiya TIV MGIMO instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Sergey Markedonov taklif etilgan.
Unda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi:
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik qaysi sohalarda eng muvaffaqiyatli rivojlanmoqda?
Global geosiyosiy o‘zgarishlar Rossiyaning postsovet hududidagi siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
Rossiyaning postsovet hududidagi siyosatini rivojlantirishning asosiy ssenariylari qanday?
YeOII, KXShT, MDHning mintaqaviy integratsiya loyihalarida Rossiya qanday rol o‘ynaydi?
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi, ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va telegram: +998971907178, @alisherakimbaev.