TOShKENT, 13-may — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilgan, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, 2024-yil davomida “Samarqand – Bishkek”, “Buxoro – Bishkek”, “Buxoro – Ostona”, “Samarqand – Turkiston”, “Buxoro – Turkiston”, "Shaxrisabz – Turkiston”, “Samarqand – Dushanbe”, “Buxoro – Dushanbe”, “Toshkent – Ufa”, “Toshkent – Krasnodar” yo‘nalishlarini ochish rejalashtirilgan.
Aytilishicha, hozirda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Shu yilning yanvar-aprel oylarida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.