O‘zbekistonga Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari keladi — tashrifdan maqsad nima?

O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun tashrif buyuradi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
“Joriy yilning 12-15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif dasturidan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 7-yig‘ilishida ishtirok etish o‘rin olgan.
Shuningdek, Toshkent shahri, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan tanishiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashgandi.