TOShKENT, 12-may — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, chegarani “muhrlash”ga va’da berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, janubiy chegarani yopadi, Meksikadan kelayotgan muhojirlar oqimiga chek qo‘yadi va Amerika hududidagi noqonuniy muhojirlarni “o‘zlari tegishli bo‘lgan joyga” jo‘natadi.
"Yangi ma’muriyatimning birinchi kunida men janubiy chegarani muhrlab qo‘yaman, bu bosqinni to‘xtataman ... va (hozirgi) Jo Baydenning yolg‘on ittifoqchilarini o‘zlari tegishli bo‘lgan joyga yuboraman”, — dedi Tramp bu yil Nyu-Jersi shtatida 80 dan 100 minggacha odam yig‘ilgan eng yirik mitingda so‘zlagan nutqida.
Siyosatchi yana hokimiyatga kelganidan keyin Qo‘shma Shtatlar "Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini" boshlashiga va’da berdi.