TOShKENT, 12-may — Sputnik. “Shimoliy” qo‘shinlar guruhining Rossiya harbiy xizmatchilari 24 soat ichida dushman mudofaasi chuqurligiga kirib, Xarkov viloyatidagi Gatishe, Krasnoe, Moroxoves va Oleynikovoni ozod qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Shimoliy qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasi chuqurligiga kirib, Xarkov viloyatidagi Gatishe, Krasnoe, Moroxoves va Oleynikovo aholi punktlarini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Xarkov viloyatining Degtarnoe, Volchansk va Kazachya Lopan aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 14-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 110 va 113-harbiy mudofaa brigadalari bo‘linmalarining ishchi kuchi va texnikasi mag‘lubiyatga uchragan.
“Dushman kuniga 100 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita tanki, “Kozak” zirhli jangovar mashinasi va to‘rtta avtomobilini yo‘qotdi”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Bundan tashqari, rus qo‘shinlari Fransiyada ishlab chiqarilgan “Caesar” o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita D-20 gaubitsasi, D-30 gaubitsasi, Chexiyada ishlab chiqarilgan ikkita "Vampire" ko‘p raketa tizimi jangovar transport vositalari, shuningdek, “Grad” ko‘p raketa tizimi jangovar avtomobilini yakson qilishgan.