TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi. Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Assambleya Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yo‘llagan murojaati bilan boshlandi.
Shundan so‘ng uzoq yillar qit’ada Olimpiya harakati rivojiga hissa qo‘shgan mutasaddilarga OOKning eng nufuli sovrini – "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni topshirildi. Ulardan biri O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovga tantanali ravishda taqdim etildi. Oybek Kasimov mukofotni Raja Randxir Singxdan qabul qilib oldi.
Oybek Kasimov nagrajdon ordenom Olimpiyskogo soveta Azii "Za vidayushiyesya zaslugi"
© NOK
43-Bosh Assambleya o‘z ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida mezbon davlatlar oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi. Shu jumladan, O‘zbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan hozirlik bo‘yicha ma’lumot beradi.
Oybek Kasimov nagrajdon ordenom Olimpiyskogo soveta Azii "Za vidayushiyesya zaslugi"
© NOK