Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida gap ketganda, biz uchta shakl haqida gapiramiz. Bu jismoniy, psixologik va jinsiy zo‘ravonlik, deydi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
“Jinsiy zo‘ravonlik haqida so‘z borganda, bu nafaqat mintaqaviy muammo, balki global muammo ekanligini ta’kidlash kerak. Afsuski, qiz bolaning hayotida bunday vaziyat yuzaga kelganda, u izsiz o‘tmaydi. Jinsiy zo‘ravonlik qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, ya’ni qiz bolaga nisbatan qanday jinsiy jinoyat sodir etilishidan qat’i nazar, u o‘zining chuqur izlarini qoldirishi aniq”, - deydi u.
Bolaga g‘amxo‘rlik qilmaslik ham zo‘ravonlik ekanligi, odamlarning fikrlash stereotiplarini o‘zgartirish muhimligi haqida batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.