TOShKENT, 11-may — Sputnik. Vashington Rossiya armiyasining oldinga siljishidan qo‘rqib Kiyevga navbatdagi yordam transhi yubordi, deb yozadi Amerikaning New York Post gazetasi.
“Pentagon juma kuni e’lon qilgan 400 million dollarlik harbiy yordam paketi Ukrainani Rossiya hujumini to‘xtatish uchun “yer-havo” sinfidagi raketalar, artilleriya snaradlari va boshqa zarur qurol va uskunalar bilan ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Xarkov yaqinida faol harakatlar olib borayotgan bir paytda bu yordam "shoshilinch zarur" bo‘lib qoldi. Qayd etilishicha, ushbu transh 2021-yil avgustidan buyon AQSh Mudofaa vazirligi zaxirasidan Ukrainaga berilgan harbiy texnikaning 57-partiyasi bo‘ldi.
AQSh kecha Kiyev uchun 400 million dollarlik yangi qurol paketini e’lon qildi.
Rossiya Kiyevga G‘arb qurollarini yetkazib berish jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmaganini, bu harakatlar faqat Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarida yo‘qotishlar sonini oshirganini bir necha bor ta’kidlagan.