Evakuatsiya qilingan aholining umumiy soni 1,5 millionga yaqin bo‘lgan, ulardan 250 mingga yaqini bolalar. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda ta’kidladi.
“Bu bolalarning ko‘pchiligi oilalarga joylashtirilgan. Lekin davlat ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratgan. Negaki, bolalar og‘ir urush davri bo‘lishiga qaramay, albatta, munosib tarbiya va ta’lim olishlari kerak edi. O‘sha yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalarning ko‘pchiligi O‘zbekistonga nisbatan eng iliq munosabatlarni saqlab qolgan”, - deydi Nazarov.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.