O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Ta’kidlanishicha, uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Kecha, 9-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Radi bit prinyatim E.P. Asifom Ali Zardari, Prezidentom Pakistana
“Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan g‘oyat mamnunmiz. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston-Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz”, - deb yozadi Saidov.
Radi bit prinyatim E.P. Asifom Ali Zardari, Prezidentom Pakistana
Ta’kidlanishicha, uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Qayd etilishicha, davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlik rag‘batlantiriladi.