Misr elchisi bilan Dunyo arabshunoslari global forumini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv davomida sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashilib, uni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro takliflar ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Joriy yilning 8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misrning O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashilib, uni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro takliflar ko‘rib chiqildi.
S poslom Yegipta obsujdeni voprosi provedeniya globalnogo foruma arabskix uchonix mira
“Misr va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligimiz faqat arab tili va adabiyotini o‘rganish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Aloqalarni kengaytirish uchun har ikkala tomonda ham ishga solinmagan katta salohiyat bor”, – dedi elchi Amira Fahmiy.
Shuningdek, elchi Misrning yetakchi universitetlari tomonidan O‘zbekistonda yangi oliy ta’lim muassasasini tashkil qilish imkoniyati borligini ma’lum qildi.
S poslom Yegipta obsujdeni voprosi provedeniya globalnogo foruma arabskix uchonix mira
Sharipov Misr bilan ta’limning muhandislik-texnika, suv resurslaridan unumli foydalanish, energetika sohalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tomonlar suhbat davomida 2024-yil 18–22 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Dunyo arabshunoslari global forumi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qildilar.