Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti eshitildi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yili charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 3 trillion so‘mga yetgan. Lekin shuning yarmi Andijon va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Teri xomashosi ko‘p bo‘lgan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bu ko‘rsatkich past.
Tarmoq eksportida birlamchi mahsulot o‘rni yuqori, tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz atrofida. Terini qayta ishlash darajasi ham yetarli emas. Bunda chorvachilik klasterlaridan to‘la foydalanilmayapti.
Shu bois endi “Charmsanoat” uyushmasi faoliyati o‘zgartirilib, bu tarmoqqa Xalq banki biriktiriladi. Viloyat hokimlari bilan birgalikda, charmga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida 100 million dollarlik loyihalar shakllantiriladi.
Shuningdek, Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm klasterlari tashkil qilinadi. Ularda suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo‘naltiriladi. Loyihalarga tabiiy va sun’iy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar jalb etiladi. Buning uchun sorsing kompaniyalariga sarflangan korxona xarajatining 30 ming dollargacha qismini qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.
Chorvachilik klasterlariga ozuqabop ekin uchun yer hamda zotli qoramol uchun kam foizli kreditlar ajratiladi.
Yig‘ilishda ipakchilik tarmog‘i ham atroflicha tahlil qilindi.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 10-maya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya kojevennoy i shelkovoy promishlennosti, a takje obespecheniya zanyatosti naseleniya.
Oxirgi yillarda bu yo‘nalishda ham klaster tizimi joriy etildi. Jumladan, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug‘chilik korxonasi tashkil qilindi. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaydi. Bularning natijasida pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar oshib, 26 ming tonnaga yetdi, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko‘paydi.
Lekin ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi yetarlicha rivojlanmagan. Oqibatda pilla olishda yo‘qotish nisbatan ko‘p. Pillani chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot hajmini, mato va uy tekstili quvvatlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
Hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilish uchun 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksion orqali aholiga beriladi, auksionda yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi. Band bo‘lmagan aholi, jumladan ayollar monomarkazlar va pillachilik klasterlarida qisqa kurslarda o‘qitiladi.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 10-maya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya kojevennoy i shelkovoy promishlennosti, a takje obespecheniya zanyatosti naseleniya.
Prezidentning kuni kecha imzolangan ipakchilikni rivojlantirishga oid farmoniga ko‘ra, pillaning xarid narxi 25 foizga oshirildi. Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadigan bo‘ldi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi hamda qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinovdan o‘tkazish topshirildi. Hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari ushbu sanoat tarmoqlaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Ularning muammolari va takliflari asosida mutasaddilarga Yevropa sertifikatini olishda tadbirkorlarga ko‘maklashish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, chet ellardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, malakali o‘rta bo‘g‘in xodimlarini tayyorlash va boshqa masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva 10-maya sostoyalos videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya kojevennoy i shelkovoy promishlennosti, a takje obespecheniya zanyatosti naseleniya.
Kun tartibidagi ikkinchi masala – Sayxunobod tajribasining joylardagi ijrosiga qaratildi.
Bu boradagi ishlar natijasida aprel oyining o‘zida 365 ming aholi bandligi ta’minlangan va tadbirkorlikka jalb qilingan. Banklar o‘z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming kishining ishli bo‘lishiga sharoit yaratgan. Mahallalarda 70 mingta mikroloyiha amalga oshirilgan. 465 ming gektar tomorqaga ekin ekilgan. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun esa tuman darajasidagi 382 nafar mas’ullar ishdan olingani ma’lum qilindi.
Prezident bandlik va aholi daromadi masalasi birlamchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.
Sayxunobod tajribasi bo‘yicha ishlarni tuman va mahalla kesimida sifatli tashkil etish, aholiga doimiy ish o‘rni va daromad manbai yaratish bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning to‘rt oyida 115 ming nafar xorijda ishlayotgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi kutilmoqda. Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti eshitildi.