TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qizil maydondagi paradda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“U yolg‘on ustida mustamlikachilik siyosatini bunyod etayotganlarga xalaqit bermoqda. Ular natsizmga qarshi kurashgan haqiqiy jangchilarga o‘rnatilgan yodgorliklarni buzib tashlashmoqda, xoinlar va gitlerchilar hamtavoqlarini shohsupaga qo‘yishmoqda”, - dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qasos olish, tarixni tahqirlash va natsizmni oqlash G‘arb elitasi siyosatining bir qismi.
“Biz har bir davlatning yoki alyansning o‘ziga xosligiga oid da’volarini rad etamiz. Bunday haddan tashqari bunday shuhratparastlik nimalarga olib kelishini bilamiz. Rossiya global to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan ishni qiladi, shu bilan birga hech kimga bizga tahdid qilishiga imkon bermaymiz. Bizning strategik kuchlarimiz hamisha shay holatda”, - dedi Rossiya yetakchisi.
.Putin Rossiya “ikkinchi front” ahamiyatini hech qachon qamaytirmaganini ta’kidladi.
“Ulug‘ Vatan urushining birinchi uch yil uzoq, eng og‘ir yillarida Sovet Ittifoqi, sobiq Sovet Ittifoqining barcha respublikalari deyarli butun Yevropa vermaxtning harbiy qudratiga ishlayotgan bir paytda yakkama yakka natsistlar bilan jang qilgan”, - dedi Rossiya rahbari.
Putin Rossiya Gitlerga qarshi koalitsiyaning barcha jangchilari jasurligini hurmat qilishini ma’lum qildi.
U G‘alaba kuni maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish sharoitlarida o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari Rossiya qahramonlari ekanini urg‘uladi.
Putin nutqi so‘ngida G‘alaba kuni barcha avlodlarni birlashtirishini aytdi.
“G‘alaba kuni – asosiy, haqiqiy xalq va muqaddas bayram. <...> Biz ota-bobolarimiz, bobokalonlarimizga hurmat bajo keltiramiz. Ular ona yurtni himoya qilishdi, natsizmni tor-mor etishdi, Yevropa xalqlarini ozod etishdi, harbiy va mehnat qahramonligining yuqori marralariga erishishdi”, - dedi Rossiya prezidenti.