Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga taklif qildi

Vladimir Putin O‘zbekiston yetakchisini ikkita tadbirga taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari Qizil maydondagi G‘alaba paradidan so‘ng noma’lum askar qabriga gul qo‘yishgan edi.