O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston ishtirokidagi OYeIK yubiley yig‘ilishi — video

Ishtirokchilar YeOIIning 10-yillik faoliyati natijalari va keyingi integratsiya jarayonlari istiqbollarini muhokama qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining o‘n yilligiga bag‘ishlangan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston prezidenti kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etmoqda.
Bu yil Armaniston YeOIIga raislik qilmoqda, ammo yubiley sammitini Moskvada o‘tkazishga qaror qilindi. Tadbir tor va kengaytirilgan shaklda o‘tkazilmoqda.
Unda YeOIIga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etmoqda: Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston prezidentlari va Armaniston bosh vaziri, ularga yana bir kuzatuvchi davlat - Kuba rahbari ham qo‘shiladi.
Asosiy e’tibor YeOIIning 10-yillik faoliyati natijalari va keyingi integratsiya jarayonlari istiqbollariga qaratilgan.
Davlat rahbarlariga ko‘rib chiqish uchun Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning 2025-yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlarini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi hisobot va tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish sohasidagi ishlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Yakuniy hujjatlarni imzolash ham rejalashtirilgan.