TOShKENT, 7-may — Sputnik. Chet ellik yollanma askarlar Ukraina uchun, hatto katta pul uchun ham jang qilishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Jamoat palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi va yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Xorijiy yollanma askarlar Zelenskiy rejimi uchun, hatto katta pul uchun ham jang qilishdan bosh tortmoqda. Ukraina Qurolli kuchlarining xorijiy legioniga yollash tobora yomonlashib bormoqda”, — dedi u.
Rogovning so‘zlariga ko‘ra, bu tendensiya Kiyev rasmiylarini G‘arb ittifoqchilariga Ukrainaga muntazam qo‘shinlarini majburan yuborish masalasida bosim o‘tkazishga majbur qilmoqda.