Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi qayta tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Bu prezident tomonidan qabul qilingan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.
“Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi”, — deyilgan hujjat matnida.
Milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish;
asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish.
Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.
O‘zbekistonda yana bir dori giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi