Boks: O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 22 ta medalga ega chiqdi

Qozog‘istonda boks bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qozog‘istonda boks bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza, jami 22 ta medalga sazovor bo‘ldi.
“Ushbu natija bilan hamurtlarimiz umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi”, — deyiladi xabarda.
Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Oltin medal: -54 kg: Sobirjon Tastanov, -57 kg: Nodirbek Allaberganov, -86 kg: Akmaljon Isroilov, -92 kg: Halimjon Ma’masoliyev, -48 kg: Jasmin Tohirova, -63 kg: Odinaxon Ismoilova, +81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova.
Kumush medal: -57 kg: Feruza Sharipova, -67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov, -92 kg: Shahzod Polvonov.
Bronza medal: -60 kg: Mironshoh Norqosimov, -63,5 kg: Abdulloh Tohirov, -71 kg: Samandar Habibullayev, -80 kg: Javohir Mehriddinov, -50 kg: Hilolaxon Mashrabova, -52 kg: Zilolaxon Yusufova, -54 kg: Uzukjamol Yunusova, -60 kg: Rahima Bekniyazova, -66 kg: Ruxshona Shakarova, -70 kg: Oysha Toirova, -75 kg: Sanobar Bozorboyeva, +81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Ozarbayjonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha “Great silk way” xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza, jami 16 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston sport bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantiradi