TOShKENT, 6-may — Sputnik. Ta’minot zanjiridagi global o‘zgarishlar yangi transport yo‘nalishlarini yaratish va rivojlantirish uchun katalizator bo‘ldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) transport va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.
Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tgan 10-Global logistika konferensiyasida u Yevroosiyo transport koridorlarini yaratish va ularni rivojlantirishning yangi istiqbollari haqida gapirdi. Gap komissiyaning transport va infratuzilma sohasidagi faoliyatini muhokama qilish, shuningdek, transport va logistika xizmatlarining umumiy bozorini, yagona transport makonini, shu jumladan, yangi savdo bozorlari va logistika zanjirlarini shakllantirishni hisobga olgan holda yaratishdagi tashabbuslar haqida bordi.
“Geosiyosiy voqealar fonida yetkazib berish zanjirlarining global o‘zgarishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari ishtirokchisi bo‘lgan an’anaviy xalqaro transport yo‘laklari tasvirini o‘zgartirdi va yangi transport yo‘nalishlarini yaratish va rivojlantirish uchun katalizator bo‘ldi”, — dedi Kojoshev.
U, shuningdek, YeOII bo‘ylab transportni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan asosiy loyihalarga e’tibor qaratdi.
Transport va logistikaning eng muhim masalalarini muhokama qilish va yangi yo‘nalishlarni izlash YeIK vazirining "Global Logistics Alliance GLA" prezidenti Greys Sun bilan uchrashuvida davom etdi.
“Greys Song Yevroosiyo makonida transport industriyasining asosiy ishtirokchilari sifatida Global logistika alyansining YeIK va YeOII a’zo davlatlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.