Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga 4,65 mlrd dollar sarflanadi

Transport vaziri o‘rinbosari “Toshkent—Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari yakuniga yetib qolganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. “Toshkent—Andijon” pulli yo‘lini qurishga 4,65 milliard dollar sarflanadi. Bu haqda Toshkentda o‘tgan xalqaro investitsiya forumida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ma’lum qildi.
Transport vaziri o‘rinbosari “Toshkent—Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari yakuniga yetib qolganini ma’lum qildi.
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkaziladi

“Iyun oyi oxirigacha biz texnik-iqtisodiy ishlarni tugatamiz. Yangi pulli yo‘l Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi”, — deydi Choriyev.

Bundan tashqari, transafg‘on temir yo‘li haqida ham ma’lumot berildi.

“Loyiha uchta davlatni bir-biriga bog‘lashga yordam beradi — O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston. Temiryo‘l Yevroosiyo transport yo‘lagini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Temiryo‘l tovarlar yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda”, — dedi u.

Yana bir muhim loyiha bu Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishidir. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanishida katta rol o‘ynovchi temiryo‘l bo‘ladi.
“Loyihaning asosiy kelishuvlari allaqachon hal qilingan bo‘lib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni tashkil qilsa, uzunligi hozirgacha 454 km bo‘lishi kutilmoqda”, — deydi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari.
Bundan tashqari, Choriyev Urganch aeroportini ham Davlat-xususiy sherikchilik loyihasiga aylantirish kutilayotganini aytib o‘tdi.
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha taklif ishlab chiqmoqda