TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiya harbiylari DXRdagi Solovyovo va Xarkov viloyatidagi Kotlyarovkani ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Markaz” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari muvaffaqiyatli harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Solovyovo aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Kotlyarovka "G‘arbiy" guruhi jangchilari tomonidan ozod qilindi. Kotlyarovkaning ozod etilishi shimolda bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Kislovkadagi Ukraina qurolli kuchlari uchun vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Agar dushmanni bu ikki qishloqdan quvib chiqarish mumkin bo‘lsa, rus qo‘shinlari uchun janubdan Ivanovkaga yo‘l ochiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ilgarilash Oskolning chap qirg‘og‘idagi Kupanskdan sharqda Ukraina ko‘prigini qisqartiradi.
Solovyovoning ozod etilishi Ocheretino to‘sig‘ini qanotdagi hujumdan himoya qilishga imkon beradi.