TOShKENT, 6-may – Sputnik. Prezident Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabiga strategik bo‘lmagan yadro qurollarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Nostrategik yadroviy kuchlarning jangovar topshiriqlarni bajarishga tayyorligini oshirish maqsadida Bosh shtab Janubiy harbiy okrugning raketa tuzilmalari bilan <...> o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi”, — deyiladi xabarda.
Manyovrlar aviatsiya va dengiz floti ishtirokida yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlarning maqsadi strategik bo‘lmagan yadro qurolidan jangovar foydalanish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasining javob qaytarish va davlatning hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga tayyorligini ta’minlashdan iborat.
Qayd etilishicha, bu ham Rossiyaga qarshi “g‘arbning ayrim rasmiylarining provokatsion bayonotlari va tahdidlariga” javobdir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Britaniya Kiyevga ular yetkazib berayotgan uzoq masofali raketalar bilan Rossiya hududiga zarba berishni taqiqlamasligini e’lon qilgan edi.