O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtasida chegaralarni demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzoladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘i bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
"Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi", — deyiladi xabarda.
Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.