O‘zbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni aytildi

Parrandalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni 96,7 millionga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga, O‘zbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni 96,7 millionga yetgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,7 % ga ko‘p.
Hududlar kesimida parrandalar soni:
Toshkent viloyati – 16,7 mln bosh;
Samarqand viloyati – 13,8 mln bosh;
Andijon viloyati – 9,2 mln bosh;
Farg‘ona viloyati – 8,6 mln bosh;
Buxoro viloyati – 7,1 mln bosh;
Xorazm viloyati – 6,9 mln bosh;
Namangan viloyati – 6,6 mln bosh;
Qashqadaryo viloyati – 6,1 mln bosh;
Surxondaryo viloyati – 5,4 mln bosh;
Qoraqalpog‘iston R. – 5 mln bosh;
Jizzax viloyati – 3,8 mln bosh;
Navoiy viloyati – 3,7 mln bosh;
Sirdaryo viloyati – 3,6 mln bosh.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishgan edi. Unda qayd etilishicha, tumanda 4 ta yirik parrandachilik fermasi ishga tushiriladi va 2 ming xonadon bilan kooperatsiya yo‘lga qo‘yiladi.