O‘zbekiston terma jamoasi “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zining ilk medaliga ega chiqdi

Bugun Tojikistonda dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetadi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Dushanbe “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zining ilk medaliga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Katta dubulg‘a” turniridagi ilk medalga -73 kg vazn toifasida kurashgan Muhammad Jumayev mualliflik qildi.
“Hamurtimiz uchinchi o‘rin uchun kurashda mo‘gulistonlik. Enxtur Jugdergaravdan ustun keldi va turnirda bronza medali sohibiga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishichpa, bu Jumayevning kattalar o‘rtasida xalqaro maydondagi dastlabki sovrini bo‘ldi.
Bugun Tojikistonda dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetadi. Og‘ir vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining to‘qqiz nafar a’zosi kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida Turkiyada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida qo‘lga kiritgan dastlabki medali ham bronza edi. Bu medalga Shahram Ahadov mualliflik qilgan.
Shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida 68 ta mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.