TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sankt-Peterburgda 4 kishini yong‘indan qutqarib qolgan Olimjon Ibrohimovga Bosh konsulxona tomonidan esdalik sovg‘asi topshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Bosh konsulxona xodimlari va diaspora faollari hamurtimizga ko‘rsatgan jasorati uchun minnatdorlik bildirdilar va esdalik sovg‘alarini topshirishdi, - deyiladi xabarda.
Olimjon akaning so‘zlarga ko‘ra, 25-aprel kuni ertalab u o‘z uchastkasini rejali ko‘zdan kechirish chog‘ida 39-uyda yong‘in sodir bo‘layotganining guvohi bo‘lgan va bu haqida o‘t o‘chiruvchilarga xabar qilgan.
"Xonadondagi aholining qichqirig‘ini eshitib, eshikdan kirish imkoni bo‘lmagani uchun quvur orqali alanga ichida qolganlarga yordam berishga oshiqdim. Tepaga ko‘tarilayotgan paytimda yiqilib tushishimga sal qoldi. Olov ichida qolgan to‘rt kishini qutqardik. Ularning biri quvur orqali va qolganlarini esa o‘t o‘chirish mashinasi zinalari ko‘magiga pastga olib tushildi", deya eslaydi Olimjon Ibrohimov.
U kishining chaqqonlik bilan quvurdan tepaga chiqishi aks etgan videlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketdi. Olimjon aka aytishiga ko‘ra, uning yaxshi jismoiy formada bo‘lishiga Havo-desant qo‘shinlari saflarida xizmat qilgani as qotgan.
Olimjan Ibrohimov 7-yildan beri Sankt-Peterburgda ishlaydi. Ikki nafar farzandi bor. Bu ikkinchi marotaba odamlarni yong‘indan qutqarishi bo‘lgan. Bir yil avval Olimjon aka Vareyskaya ko‘chasidagi yong‘inda ayol kishining hayotini saqlab qolgan.
Bundan oldin Olimjon Ibrohimovga shahar ma’muriyati tomonidan sovg‘alar hamda mahalliy aholi tomonidan to‘plangan mukofot puli ham topshirilgan edi.