TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tibbiy xizmatning qulashi tufayli o‘z yaradorlarini jang maydonidan olib keta olmayapti, dedi Pentagonning sobiq maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Duglas Makgregor "Our Country Our Choice" Amerika tashkilotining YouTube-kanalidagi efirda.
“Ukrainaning yo‘qotishlari dahshatli. <...> Jang qilish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma, ta’minot, tibbiy qismlar, askarlarni jang maydonidan evakuatsiya qilishni nazarda tutapman, Ukrainada bularning barchasi allaqachon yo‘q. Og‘ir yaradorlar jang maydonida o‘lish uchun qoldiriladi. Endi ularni olib keta olishmaydi”, - dedi u.
Ofitserning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlaridagi yaradorlarning ahvoli shu qadar ayanchliki, ular tez tibbiy yordam punktiga yetib borish uchun evakuatsiya mashinalari haydovchilariga pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda.
“Bu aqlga sig‘maydi. Bir so‘z bilan aytganda, Ukraina fronti qulab tushdi, ruslar oldinga siljiydi va to‘liq qulash faqat vaqt masalasidir”, - deydi Makgregor.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qo‘shinlarining front chizig‘idagi og‘ir ahvolidan shikoyat qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sezilarli ustunlikka ega va faol hujum qilmoqda, bu esa taktik muvaffaqiyatlarga olib keladi. U DXRning Kramatorsk yo‘nalishidagi Ivanovskoe va Chasov Yarni eng issiq nuqtalar deb atadi.
O‘tgan seshanba kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qo‘shinlari deyarli 500 ming kishini yo‘qotganini ma’lum qildi.