Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon respublikasi iqtisodiyot vaziri va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Ozarbayjon respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
“O‘tgan yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 27 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Loyihalar portfelini, shu jumladan, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb qilgan holda yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
“Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash maqsadida yaqin fursatda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat hududlarining ikkinchi forumi o‘tkaziladi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlarining bugun bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvining asosiy yakunlari yuqori baholandi.
Prezident Uzbekistana prinyal glavu Mejdunarodnogo fonda OPEK
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.
Davlat rahbari OPEK jamg‘armasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini qayd etib, O‘zbekistonda sanoat, infratuzilma, suv ta’minoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.
Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmatsevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi yangi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi