Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya hududlarida 12 ta Ukraina droni yo‘q qilindi

Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari 12 ta Ukraina dronini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kechada Bransk, Kursk, Belgorod, Rostov viloyatlari va Krasnodar o‘lkasida 12 ta Ukraina dronini yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan kechada Kiyev rejimining Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda bir qator terroristik hujumlar uyushtirishga qaratilgan navbatdagi urinishlariga chek qo‘yildi. Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari 12 ta Ukraina dronini yo‘q qildi va tutib oldi: beshtasi Bransk viloyati hududida, bittasi Kursk viloyati hududida, bittasi Belgorod viloyati hududida, ikkitasi Rostov viloyati hududida va uchtasi Krasnodar o‘lkasi hududida”, — deyiladi xabarda.
Kiyev deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga harakat qiladi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman uchuvchi apparatlarini muvaffaqiyatli tutib oladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Su-34 ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining tayanch punktini yo‘q qildi