“Bu mening O‘zbekistonga birinchi tashrifim va shuni aytishim mumkinki, bu yerda ko‘rgan Rossiya OTMlari filiallari mukammal jihozlangan, kadrlar tayyorlash jarayoni mutaxassislar kim va nima uchun tayyorlanayotganini yaxshi tushungan holda tashkil qilingan. Va eng asosiysi, bu ushbu OTMlarda men o‘quvchilarning yonib turgan ko‘zlarini ko‘rdim. Aziz do‘stlar, bu katta yutuq, biz bundan buyon ham faol ishlashimiz, mamlakatlarimizni yanada rivojlantirish yo‘lida bilim va ko‘nikmalarni oshirishimiz kerak”, — dedi Rossiya ta’lim va fan vaziri.
“Bugun, ushbu ulug‘ bayram – Buyuk G‘alaba kuni arafasida biz nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaymiz, balki janglarda qatnashganlar, jon fido qilganlar, o‘z ona shahar va qishloqlariga qaytganlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. Biz bilamizki, ruslar, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, ukrainlar va boshqa ko‘plab Sovet Ittifoqi xalqlari yelkama-yelka birgalikda G‘alabaga erishdilar. Ajdodlarimizning jasoratini yodga olish, bu xotirani kelajak avlodlarga yetkazish muhim. Hozir oldimizda ulkan, misli ko‘rilmagan muammolar turibdi, biroq mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan do‘stlikka tayanib, biz, albatta, har qanday qiyinchiliklarni birgalikda yengishga qodirmiz”, — dedi vazir.