Xokkey: o‘zbekistonlik sportchilar tailandlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida O‘zbekiston U18 terma jamoasi tailandlik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o‘z yakuniga yetdi. Chempionatda 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Xokkeisti sbornoy Uzbekistana
"Chempionatning amaldagi g‘olibi sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi qatorasiga ikkinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hamurtlarimiz final bahsida tailandlik tengqurlarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga erishishdi”, — deyiladi xabarda.
Uchinchi o‘rin esa Mo‘g‘uliston jamoasiga nasib etdi.
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar Osiyo-Okeaniya chempionatini g‘alaba bilan boshlashdi