TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ba’zi yetkazib beruvchilar Pentagon bilan Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollarni to‘ldirish uchun ko‘p yillik shartnomalar tuzishni xohlashmaydi. Bu haqda RIA Novosti GAO (Government Accountability Office) Kongressning nazorat-moliya boshqarmasi hisobotiga tayanib xabar berdi.
“Harbiy idoralar Ukrainaga berilgan besh turdagi qurollarni almashtirish bo‘yicha ko‘p yillik shartnomalar tuzgan yoki tuzishni rejalashtirmoqda. Biroq, Mudofaa vazirligi rasmiylari va pudratchilar vakillari GAOga ular qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini ma’lum qilishdi ... Ba’zi yetkazib beruvchilar uzoq muddatli, qat’iy narxlar bo‘yicha shartnomalar tuzishni xohlashmaydi...", — deyiladi hisobotda.
Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ta’minot zanjiri bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni aniqladi, deyiladi hujjatda. Qoidaga ko‘ra, bular COVID-19 pandemiyasi va Kiyev tomonidan talablarning kuchayishi bilan og‘irlashgan uzoq vaqtdan beri mavjud muammolardir. Biroq, ehtiyot qismlar va xom ashyoni uzoq kutish ko‘plab qurol dasturlariga ta’sir qilmoqda, deyiladi hisobotda.