Soliq organlari xodimlari Sankt-Peterburg DUning Toshkent filialida malaka oshiradi

Soliq qo‘mitasida Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkentdagi filiali vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Soliq qo‘mitasi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sankt-Peterburg davlat universiteti Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkentdagi filiali vakillari bilan uchrashdi. Unda soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha mazkur ta’lim dargohi salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Soliq qo‘mitasi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Soliq qo‘mitasi hamda “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi”, — deyiladi xabarda
Har ikki tomon vakillari ushbu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini aytib, aloqalar uzoq muddat davom etishiga ishonch bildirishdi.
Sankt-Peterburg DU bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Putin tahsil olgan universitetning Toshkent filialiga qanday o‘qishga kirish mumkin?