Ba’zi G‘arb davlatlari Isroilga qurol sotishni to‘xtatishni taklif qilishdi – OAV

OAV: Ba’zi G‘arb davlatlari Isroilga qurol sotishni to‘xtatishni taklif qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bir qator G‘arb davlatlari Isroilga qurol sotishni to‘xtatishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti “Hurriyet” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Islom hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi va qator davlatlar Ar-Riyoddagi ikki kunlik yig‘ilishda Isroil va Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bosim elementlarini muhokama qilgan.
“Muhokama uchun ko‘plab takliflar ilgari surildi. Asosiy maqsad – bu bosim elementlari paketiga faqat ayrim davlatlarni emas, balki ko‘proq davlatlarni kiritish. Ayniqsa G‘arb davlatlarini... Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi G‘arb davlatlari ham bu loyihani qo‘llab-quvvaydi", – deb yozdi gazetaning hukumat doiralariga yaqin bo‘lgan sharhlovchisi Hande Firat.
“Hurriyet” nashrining yozishicha, qator G‘arb davlatlari Isroilga qurol-yarog‘ sotishni qisqartirishni va hatto uning texnologik ta’minotini cheklashni taklif qilmoqda.
Qayd etilganidek, havo hududini cheklash ham takliflar orasida bor. Nashr, shuningdek, takliflar orasida Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini boykot qilish ham borligini xabar qildi.
2023 yil 7-oktabrda Isroil G‘azo sektoridan misli ko‘rilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan so‘ng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata o‘t ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1,2 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida tinch aholi manzillariga hujumlarni o‘z ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Isroil anklavni to‘liq blokadaga olganini e’lon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish to‘xtatildi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 34 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 77 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
G‘azo sektori janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan, Isroil esa HAMASning so‘nggi tayanchi hisoblangan Rafahda quruqlikdagi operatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Moskvaning pozitsiyasiga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlangan formula asosida Sharqiy Quddusda poytaxt bilan 1967-yilgi chegaralrda Falastin davlatini yaratish orqali kelishuvga erishish mumkin.