Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Endi O‘zbekiston jamoasi Parijda mamlakat sharafini himoya qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi. Jamoa yarim finalda Indoneziyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shunday qilib O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.
“Tarixda ilk bor O‘zbekiston jamoaviy sport turida Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Timur Kapadze boshchiligidagi futbolchilarimiz Parijda yurtimiz sharafini himoya qilishadi”, — deb yozadi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
1 / 10
2 / 10
3 / 10
4 / 10
5 / 10
6 / 10
7 / 10
8 / 10
9 / 10
10 / 10