TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy banki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning o‘n yilligi munosabati bilan kumush tangalarni muomalaga chiqardi, deya xabar berdi mamlakat bosh moliyaviy regulyatori.
“2024 yil 30-apreldan boshlab Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki “Tarixiy voqealar” turkumidagi “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – 10-yil” kumush kolleksiyasini muomalaga kiritadi”, — deyiladi xabarda.
Tanganing old tomonida YeOII rasmiy emblemasi joylashgan bo‘lib, uning atrofida YeOIIga a’zo mamlakatlar bayroqlari tasvirlari, shuningdek, dinamika va rivojlanishni anglatuvchi YeOII gerbi elementlari joylashgan.
Nasbank Kirgizstana vipustil kolleksionnuyu monetu "YeAES — 10 let"
© press-slujba NBKR
Tanganing chap tomonida YeOIIning yubiley sanasi "10 yil" ko‘rsatilgan. Tanga aylanasi bo‘ylab “Yevraziya ekonomikalik birligi/Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi” degan yozuv joylashgan.
Tanganing orqa tomonida markazda Qirg‘iziston gerbi tasvirlangan. Tanganing o‘ng tomonida YeOIIga a’zo mamlakatlarning milliy bezaklari, shuningdek, metallning probasi (Ag 925) va tanganing og‘irligi (31,10 g) tasvirlangan.
Nasbank Kirgizstana vipustil kolleksionnuyu monetu "YeAES — 10 let"
© press-slujba NBKR
Tanganing nominal qiymati 10 som, og‘irligi 31,1 gr. Qirg‘iziston hududida u rasmiy to‘lov vositasi maqomiga ega. Har bir kolletsion tanga akril kapsulaga joylashtiriladi va sifat sertifikati ilova qilingan holda alohida qutiga qadoqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 29-may kuni YeOII to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 10-yil to‘ladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma bo‘lib, unga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston a’zo hisoblanadi.