TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasining keng ko‘lamli hujumi haqida gapirmoqchi emas. Bu haqda amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritter ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ruslar hamma joyda hujum qilib, shahar va qishloqlarni egallab olishmoqda. Hozir jang maydonida ular oldinga siljmaydigan joy qolmadi. Yaqinda ruslar Ukraina qurolli kuchlarining yana bir brigadasini yo‘q qilishdi, halok bo‘lgan ukrainaliklarning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q. Zelenskiy bu haqda gapirmaydi”, — dedi ekspert.
Ritter ta’kidlaganidek, Ukraina qo‘shinlari 2026-yilda yangi qarshi hujumni boshlashi mumkinligi haqidagi prognozlar haddan tashqari optimistik ko‘rinadi. Sobiq razvedkachiga ko‘ra, o‘sha vaqtga kelib respublika umuman mavjud bo‘lmay qolishi mumkin.