Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rus askarlari birinchi Abrams tankini front chizig‘idan evakuatsiya qilishdi

"Markaz" guruhi askarlari Ukraina Qurolli Kuchlarining birinchi Abrams tankini front chizig‘idan evakuatsiya qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya harbiylari Amerikaning birinchi M1 Abrams tankini jangovar hududdan evakuatsiya qildi. Bu haqda "Markaz" guruhi matbuot markazi rahbari Aleksandr Savchuk RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Hozirda "Markaz" guruhi jangchilari tankni frontdan muvaffaqiyatli evakuatsiya qilishdi. Tez orada barcha istovchilar uni “Poklonnaya gora” ko‘rgazmasida ko‘rishi mumkin bo‘ladi”, – dedi u.
Amerika OAV larining tan olishicha, so‘nggi ikki oy ichida Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan AQShdan olingan 31 ta Abrams tankidan kamida beshtasiga zarba bergan. “Associated Press” agentligining xabariga ko‘ra, Ukraina qo‘mondonligi bu tanklarni Rossiya dronlari o‘ta zaif holga keltirgani uchun front chizig‘idan olib chiqishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik bu ma’lumotni Oliy Rada deputati Maksim Bujanskiy tasdiqladi.
Aprel oyining o‘rtalarida Avdeyevka yo‘nalishida Germaniyaning Leopard 2 tanki evakuatsiya qilindi va shu hafta maxsus harbiy operatsiya askarlari Abrams bazasida yaratilgan M1150 Shredder to‘siqlardan tozalash mashinasini olib chiqishdi.
Qo‘lga olingan NATO texnikalari Moskvadagi “Poklonnaya gora” ko‘rgazmasida namoyish etishga qo‘yildi. 1-maydan boshlab u yerda Leopard 2 dan tashqari, Marder piyoda jangovar mashinasi, Shvetsiyaning CV90 piyoda jangovar mashinasi, fransuz AMX-10RC zirhli jangovar mashinasi – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Shvetsiya, Chexoslovakiya, Janubiy Afrika, Finlyandiya, Avstraliya, Avstriya va Ukrainada ishlab chiqarilgan jami 30 dan ortiq modellarni ko‘rish mumkin.