TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston 3 oyda 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln dollarga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
“Bu ko‘rsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan”, — deyiladi xabarda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Pokiston (26,2 %);
Rossiya (25,1 %);
Qozog‘iston (10,5 %);
Xitoy (9,2 %).
Mazkur oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.