TOShKENT, 29 apr — Sputnik. CNN telekanali o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Jo Baydenning AQSh prezidenti faoliyatini ma’qullamaydi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 60 foizi Baydenning Qo‘shma Shtatlar prezidenti faoliyatini ma’qullamagan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning 71 foizi AQSh prezidentining Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha siyosatini ma’qullamaydi, faqat 28 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovchilar tomonidan AQShning amaldagi yetakchisi Jo Baydenga qaraganda ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 49 foizi Trampni, respondentlarning 43 foizi esa, Baydenni qo‘llab-quvvatlaydi.
So‘rov 18-apreldan 23-aprelga qadar 1212 nafar kattalar o‘rtasida o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov poygasining asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari, demokrat Jo Bayden, shuningdek, Amerikaning sobiq yetakchisi, respublikachi Donald Tramp. Ikkala nomzod ham o‘z partiyalaridan nomzodlikni ta’minlash uchun dastlabki ovozlardan yetarlicha delegat ovozini to‘plagan va ularning deyarli barcha raqiblari poygadan chiqishlarini e’lon qilgan.