TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Shahrisabz tumanidagi Miraki qishlog‘i “Turizm mahallasi” maqomini oldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Turizm haftaligi doirasida Shahrisabz tumani "Miraki" mahalla fuqarolar yig‘iniga Turizm qo‘mitasining "Turizm mahallasi" maqomi sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Tez orada mahallaga butun dunyodan sayyohlar kela boshlaydi - u yerda 240 gektar maydonda sayyohlik markazi qurilishi boshlandi. Ular eko qishloq, vino zavodi, akvapark, ekstremal sport maktabi, mehmonxonalar qurishni rejalashtirgan.
2026 yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha 18 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatiga sayyohlar oqimi har yili hozirgi 200 ming kishidan million kishigacha oshishi kutilmoqda.